
Doha — Ko‘rfazning madaniy poytaxti
Doha · Katara · Inland Sea
Qisqa, ammo to‘yingan dastur: Islom san’ati muzeyi, Souq Waqif, Katara madaniy qishlog‘i va sahro dengizga tutashadigan Inland Sea.

Qatar · Ko‘rfazning madaniy poytaxti
2022-yilgi chempionatdan keyin Doha butunlay yangi qiyofaga ega bo‘ldi: muzeylar, metro, sayrgohlar. Dubaydan tinchroq, madaniyatga ko‘proq e’tibor qaratilgan yo‘nalish.
Qatar — Fors ko‘rfazidagi kichik, ammo juda boy davlat. Poytaxt Doha ixcham: Corniche sayrgohi, West Bay osmono‘par binolari, Souq Waqif bozori va Katara madaniy qishlog‘i bir-biridan 15 daqiqalik masofada.
Dohaga ko‘pincha stopover formatida — Yevropa yoki Osiyoga yo‘l-yo‘lakay 2–4 kunga kelishadi. Aeroport shahar markazidan 15 daqiqa, bu esa qisqa sayohatni juda samarali qiladi.
Noyabr–mart: +22…+28 °C, eng qulay davr. Aprel va oktabr o‘tish mavsumi. May–sentabrda +45 °C gacha, dastur muzeylar va savdo markazlariga ko‘chiriladi.
Viza: O‘zbekiston fuqarolari uchun Qatarga 30 kungacha vizasiz rejim amal qiladi — chegarada bepul rasmiylashtiriladi.
Parvoz: Toshkent — Doha: to‘g‘ridan-to‘g‘ri reys, 4 soat. Kuniga bir necha reys.
Valyuta: Qatar riyoli (QAR). 1 USD ≈ 3,64 QAR — kurs qat’iy.

Doha · Katara · Inland Sea
Qisqa, ammo to‘yingan dastur: Islom san’ati muzeyi, Souq Waqif, Katara madaniy qishlog‘i va sahro dengizga tutashadigan Inland Sea.

Dubay · Abu-Dabi · Doha
Ikki mamlakat, uch shahar: Dubayning zamonaviyligi, Abu-Dabining muzeylari va Dohaning madaniy qatlami. Sahro va Ko‘rfaz qirg‘og‘i ham dasturda.
Individual tur yig‘ish
Sanalar, yo‘nalish va byudjetni yozing — 1 ish kuni ichida shaxsiy dastur va aniq narxni yuboramiz.