Dush–Juma: 09:00 – 18:00 (GMT+5) Toshkent, O‘zbekiston
+998 90 908 70 00 info@asmotravel.uz «Xavfsiz turizm» ishonch telefoni: 1173
Istanbuldagi O‘rtako‘y masjidi va Bosfor

Turkiya · Ikki qit’a, ikki dengiz, bir shahar

Istanbul

Vizantiya, Usmonli va zamonaviy Turkiya bir ko‘chada uchrashadigan shahar. Toshkentdan to‘rt soat — va siz Bosfor bo‘yidasiz.

Mamlakat
Turkiya
Viza
Vizasiz, 30 kun
Toshkentdan parvoz
4 s 30 d
Valyuta
Turk lirasi (TRY)
Mavjud turlar
2 ta

Bu yer haqida

Istanbul — dunyodagi yagona shahar bo‘lib, ikki qit’ada joylashgan. Tarixiy yadro — Sultonahmet: Ayasofya, Ko‘k masjid, Topkapi saroyi va Yerebatan sardobasi bir-biridan piyoda o‘n daqiqa masofada.

Ikkinchi qatlam — Bosfor: kema sayri, Ortako‘y va Bebek mahallalari, Osiyo tomonidagi Kadiko‘y bozori. Uchinchisi — xarid va gastronomiya: Katta bozor, Misr bozori, baliq restoranlari va Istiklal ko‘chasi.

Nimani ko‘rish kerak

  • Ayasofya — 1500 yillik ibodatxona, cherkovdan masjidga aylangan
  • Sultonahmet (Ko‘k) masjidi — olti minorali va yigirma mingdan ortiq kafel bilan bezatilgan
  • Topkapi saroyi — sultonlar qarorgohi, xazina va Xarem bo‘limlari bilan
  • Bosfor bo‘ylab kema sayri — Yevropa va Osiyo qirg‘oqlari orasida
  • Katta bozor (Kapali Charshi) — 4 000 do‘kon, XV asrdan beri ishlaydi
  • Galata minorasi va Balat mahallasi — shaharning eng fotogenik nuqtalari

Qachon borish yaxshi

Aprel–iyun va sentabr–noyabr: +18…+26 °C, navbatlar qisqa. Iyul–avgust issiq va gavjum. Qish yumshoq (+8…+12 °C), narxlar past, ba’zan qor yog‘adi.

Amaliy ma’lumot

Viza: O‘zbekiston fuqarolari Turkiyaga 30 kungacha vizasiz kiradi (180 kun ichida jami 90 kun). Pasport 6 oy amal qilishi shart.

Parvoz: Toshkent — Istanbul: to‘g‘ridan-to‘g‘ri reys, 4 soat 30 daqiqa. Kuniga bir necha reys, Samarqand va Urganchdan ham uchadi.

Valyuta: Turk lirasi (TRY). Almashtirishni shahardagi ayirboshlash shoxobchalarida qilish foydaliroq.

Istanbul bo‘yicha turlar

Individual tur yig‘ish

Qanday sayohatni orzu qilyapsiz?

Sanalar, yo‘nalish va byudjetni yozing — 1 ish kuni ichida shaxsiy dastur va aniq narxni yuboramiz.